2016 yilning 4 oktyabr kuni Bryussel shahrida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya ishida ishtiroki doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazdi.
Suhbat boshida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida o`tkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va O`zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Afg`oniston Prezidentiga O`zbekiston rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirildi.
Uchrashuvda O`zbekiston-Afg`oniston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasidagi do`stlik va qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida turli darajadagi aloqalarni faollashtirish qo`llab-quvvatlandi.





