“O`zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo`yicha Toshkent Gran-Prisi turniriga start berildi. Ketma-ket to`rtinchi marotaba Toshkentda tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada 15ta mamlakat polvonlari 7ta vazn toifasida medallar uchun baxslarga kirishishgan.
Gran-Prining ilk kuni terma jamoamizga 7ta medalni taqdim etdi. -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Muhriddin Tilovov barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib, oltin medalni qo`lga kiritdi.
-52 vazndagi vakilamiz Diyora Keldiyorova finalgacha etib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. -60 kg vaznda Sharofiddin Lutfullaev, -48 kg vaznda Nodira Gulova, Muqaddas Kubeeva, -52 vazn toifasidagi Guloyim Jumaboeva, -57 kg vaznda Sanobar Sultonova bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Ilk kungi baxslardan so`ng terma jamoamiz 7ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallab turibdi. Ikkita oltin va bitta kumush medalni qo`lga kiritgan Rossiya terma jamoasi birinchi pog`onadan joy olgan.





