Italiyaning “Yuventus” jamoasi rahbariyati hujumchi Paulo Dibala bilan amaldagi shartnomasini uzaytirib, uning yillik maoshini ikki karra oshiradi. Bu haqda Calciomercato nashriga tayanib, “Championat.com” xabar bermoqda.
Manbaning ta`kidlashicha, 22 yoshli argentinalik futbolchining yangi kelishuvi 2021 yilgacha uzaytiriladi. Uning yillik maoshi esa 2,2 mln evrodan 6 mln evrogacha oshirilishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda tajribali futbolchi Italiya chempionatining 6 o`yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.





