Zarur masalliqlar: 500 gr. qaynatilgan mol go`shti, 150 gr. pishloq, 50 gr. yong`oq mag`zi, zaytun yoki o`simlik yog`i, 1 dona bulg`or qalampiri, ko`kpiyoz, petrushka, tuz, xantal.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan mol go`shtini somoncha shaklida maydalab to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida xantal qo`shib, qovurib oling. So`ngra maydalangan ko`katlarni qo`shing.
2. Bulg`or qampirini somoncha shaklida to`g`rab, salatga soling. Maydalangan yong`oq mag`zi va katta tishli qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni qo`shsangiz va tuz namaganini sozlasangiz, salat tayyor.
6 kishilik
25 daqiqa





