GM Uzbekistan 30 sentyabr kuni Belarus Respublikasida Ravon brendi taqdimotini o`tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Belarusda yangi brendning R2, Nexia R3 va Gentra modellari taqdim etildi. Joriy yilning oxirigacha R4 modeli ham etkazilishi kutilmoqda.
2016 yilning so`nggiga qadar kompaniya dilerlik tarmog`ini MDH mamlakatlari bo`ylab kengaytirishni reja qilgan. Xabarga ko`ra, oktyabr-dekabr oylarida Ozarbayjon va Turkmanistonda ham brendning taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirilgan.
2017 yilda GM Uzbekistan har bir mamlakatdagi hududiy dilerlik tarmoqlarini kengaytirishni davom ettiradi.





