O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibni e`lon qildi.
Avvalroq xabar berilganidek, 13 oktyabr kuni Bahraynda U-19 yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`yinlari start oladi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 5 oktyabr kuni BAAning Dubay shahriga jo`nab ketadi. Terma jamoa Dubay shahrida bir hafta davomida yig`in o`tkazadi va Bahraynga yo`l oladi.
Bugun mazkur terma jamoa murabbiylari va futbolchilari O`FF anjumanlar zalida Osiyo chempionatiga jo`nab ketish oldidan O`FF rahbariyati bilan uchrashdi. Yig`ilishda, murabbiylar, futbolchilar Osiyo chempionati o`yinlarida munosib ishtirok etishga harakat qilishlarini tak`idlashdi.
O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov mazkur turnirga jami 22 nafar futbolchini tarkibga kiritgan.
O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi:
Darvozabonlar
|
Ism-familiyasi |
Tug`ilgan yili |
Klubi |
|
|
Hamroev Umidjon |
1997 |
“Paxtakor” |
|
|
Raimov Shohruxjon |
1997 |
“Paxtakor” |
|
|
Ergashev Umidjon |
1999 |
“Nasaf” |
|
Himoyachilar
|
Ism-familiyasi |
Tug`ilgan yili |
Klubi |
|
G`ofurov Husniddin |
1997 |
“Neftchi” |
|
Avilov Hushnudbek |
1998 |
“Paxtakor” |
|
Qobilov Islomjon |
1997 |
“Metallurg” |
|
Rustamov Oybek |
1997 |
“Qo`qon-1912” |
|
Suyunov Aziz |
1997 |
“Olmaliq” |
Yarim himoyachilar
|
Ism-familiyasi |
Tug`ilgan yili |
Klubi |
|
Mahmudhojiev Shohrux |
1998 |
“Paxtakor” |
|
Muhiddinov Sharof |
1997 |
“Nasaf” |
|
Qodirqulov Sanjar |
1997 |
“Bunyodkor” |
|
G`aniev Aziz |
1998 |
“Nasaf” |
|
Nurulloev Suhrob |
1998 |
ROZK |
|
Davlatjonov Saidjamol |
1997 |
“Dinamo” |
|
Ibragimov Doston |
1997 |
“Dinamo” |
|
Alijonov Hojiakbar |
1997 |
“Paxtakor” |
|
Yusupov Jamshid |
1997 |
“Paxtakor” |
|
To`xtasinov Nurillo |
1997 |
“Bunyodkor” |
Hujumchilar
|
Ism-familiyasi |
Tug`ilgan yili |
Klubi |
|
G`anijonov Behzod |
1998 |
“Qizilqum” |
|
Yaxshiboev Jasurbek |
1997 |
“Paxtakor” |
|
Esonqulov Javohir |
1997 |
“Metallurg” |
|
Abduholiqov Bobur |
1997 |
“Nasaf” |





