Savollarga faqat «xa» yoki «yo`q» deb javob bering.
1. Agar turmush o`rtog`ingiz sizning yoningizda begona ayolga nazar tashlasa, ko`chada bo`lsangiz ham janjal uyushtirasizmi?
2. Agar sevgilingiz siz bilan uchrashuvga kech qolayotgan bo`lsa, siz uni boshqa ayol bilan birga deb o`ylaysizmi?
3. Ishxonasidagi ayollar haqida so`rab turasizmi?
4. Bo`sh vaqtingizni turmush o`rtog`im bilan o`tkazishim kerak deb o`ylaysizmi?
5. Siz uning shaxsiy narsalarini tekshirib (titkilab) turasizmi?
6. Tuyg`ulari haqida gapiradimi?
7. U sizning qiziqishlaringizga befarq bo`lmasligi kerak, deb o`ylaysizmi?
8. Qaerga ketayotgani, kim bilan uchrashayotgani to`g`risida so`roqlab turasizmi?
9. Xafalashib qolganingizda, bir necha kunlab gaplashmay yurishingiz mumkinmi?
10. Uning o`tmishi haqida ko`p o`ylaysizmi?
11. U sizga ishongani uchun sizni rashk qilmasligini aytdi. «Meni sevmay qo`yibdi» deb o`ylab qolasizmi?
Javoblar orasida «ha» ni hisoblab chiqing.
10 va undan ortiq «ha» javobini bergan «rashkchi» xonimlar diqqatiga: sizning rashkingiz kasallik darajasiga etgan. Sevgan insoningizni faqat sizgagina tegishli bo`lishi kerak deb o`ylaysiz. O`zingizni ko`rimsiz, hunukman, mendan chiroyli bir xurliqo erimni tortib oladi degan hadikda yashaysiz. Turmush o`rtog`ingizga umuman ishonmaysiz. Bunchalik rashkchi bo`lish yaxshilikka olib kelmaydi. Begingizga ishoning, axir shuncha xurliqolar ichidan u sizni tanladi.
5-9 «Ha» javobi uchun: sizga rashk tuyg`usi yot, desa ham bo`ladi. Ammo hammasini yig`ib yuribsiz va vaqti bilan portlab turasiz. Lekin tinchlanib olganingizdan so`ng, rashk qilishga hech qanday asos bo`lmaganini o`ylab, afsuslanasiz. Rashkingizni keltirgan narsalar haqida turmush o`rtog`ingiz bilan xotirjam gaplashib oling.





