Turkiyada e`lon qilingan favqulodda holat yana 90 kunga uzaytirildi, deya xabar beradi Turkiyaning Anadolu agentligi.
Ushbu qaror respublika Prezidenti Rajab Tayyib Erdo`g`on raisligida o`tkazilgan Turkiya Vazirlar Mahkamasining kengashida qabul qilindi.
Turkiya bosh vaziri Numan Kurtulmush mamlakatda e`lon qilingan favqulodda holat tartibi 19 oktyabrdan e`tiboran yana 90 kunga uzaytirilganini ma`lum qildi.
15 iyul kuni Turkiya hukumati mamlakatda harbiy to`ntarilishga urunish bo`lgani haqida e`lon qildi. Harbiylar hukumat ularning qo`llariga o`tganligi haqida e`lon qildi, ammo 16 iyul kuni harbiylar taslim bo`lishni boshlashdi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo`g`on harbiy to`ntarilishga urunish oqibatida 246 kishi halok bo`lgani hamda ikki ming kishi yaralangani haqida xabar bergandi.
20 iyul kuni Turkiya prezidenti mamlakatda uch oyga favqulodda holat e`lon qilinganligi haqida xabar berdi.





