“Barselona” jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi klub posboni Mark-Andre ter Shtegen bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.
Sport nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar germaniyalik davrozabonning shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirmoqchi. Ter Shtegenning o`zi esa bunga qarshi emas.
Germaniyalik posbonning “ko`k-anor ranglilar” bilan amaldagi kelishuvi 2019 yilgacha mo`ljallangan.





