Madridning "Real" klubi etakchisi hamda Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabonda to`rt yulduzli mehmonxona ochdi. Bu haqda Mirror nashri ma`lum qilmoqda.
Bu mehmonxona Pestana CR7 brendi ostidagi ikkinchisi bo`ldi. Bundan avval 31 yoshli futbolchi o`zi tug`ilib-o`sgan Madeyra orolidagi Funshal shahrida 5 yulduzli mehmonxona ochgandi.
“Hayot faqat futboldan iborat emas. Futbol mening ehtirosim, lekin kelajak haqida ham o`ylash kerak, – dedi Ronaldu mehmonxonasining ochilish marosimida.



Ma`lum qilinishicha, portugaliyalik futbolchi Pestana CR7 brendi ostida Madrid va Nyu-York shaharlarida ham mehmonxonalar ochish niyatida.





