Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich jarohati tufayli jarroh stoliga yotgan edi. Xorvatiyalik futbolchi operasiya muvaffaqiyatli o`tganini ma`lum qildi.
“Operasiya muvaffaqiyatli o`tdi, barchasi rejadagidek ketmoqda. Shifokorlar Leyes va Aramberriga hamda “Real” shifokorlar shtabiga tashakkur. Muxlislar va jamoadoshlarimga esa dalda uchun rahmat”, – dedi Modrich.
Eslatib o`tamiz, Luka Modrich tizzasidan jarohat olgani uchun operasiya qilindi. Uning safga qaytish muddati keyinroq aniq bo`ladi.





