Ichki ishlar vazirli Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan xodimlarning huquqiy ximoyasini ta`minlash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ichki ishlar organlari xodimlariga pora bergan fuqarolar ushlandi.
Jumladan, Farg`ona shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shaharning Do`stlik ko`chasidagi xonadonlarning biridan umumiy miqdori 1,83 gramm bo`lgan gashish giyohvandlik vositasi va 0,67 gramm marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida xonadon egasi, muqaddam sudlangan fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilgan edi.
Ammo fuqaro o`zining qing`ir ishini yashirish va javobgarlikdan qochish maqsadida Farg`ona shahar bo`yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv bo`limi katta tezkor vakiliga 4.000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilib, ishni o`zining foydasiga ijobiy xal qilishga urinadi.
Fuqaroga bir necha marotaba pora bergan va pora olganning harakati jinoyat ekanligi tushuntirilasa-da, u iyatidan qaytmagach, xodim rahbariyatga holat yuzasidan bildirgi bilan murojaat qildi.
Oltiariq tumani, Jo`rak MFYda yashovchi 1980 yilda tug`ilgan fuqaro “Damas” rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz, mast holatda boshqarganlik holati yuzasidan o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlarni sudga yubormaslik va qonuniy chora ko`rmaslik evaziga Rishton tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi inspektoriga 300 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. Xodim esa unga harakatlari jinoyat ekanligini, qonuniy javobgarlikka sabab bo`lishini tushuntirishiga qaramasdan fuqaro harakatlarini davom ettiravergach, rahbariyatga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Shaxsiy havfsizlik bosh boshqarmasi Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish dipartamenti hodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro 300 AQSh dollar pulni bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlandi.
Toshloq tumanida yashovchi 1987 yilda tug`ilgan fuqaro esa “Spark” rusumli avtomashinani mast holda boshqarganlik holati yuzasidan o`ziga nisbatan to`plangan xujjatlarni sudga yubormaslik va qonuniy chora ko`rmaslik evaziga Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma`muriy amaliyot guruhi inspektoriga 400 AQSh dollari miqdorida pora berishga urinadi. Xodim esa uni niyatidan qaytarib, ushbu harakati jinoyat ekanligini bir necha bor tushuntirishiga qaramasdan, u o`z harakatlarini davom ettiravergach, rahbariyatga bu haqda bildirgi berdi.
Bildirgiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaro ham 400 AQSh dollarini pora sifatida bergan vaqtida ushlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga pora bergan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda prokuratura organlari tomonidan daslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






