AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 23 yoshli haydovchi "Volga"da kanalga tushib ketib, halok bo`ldi

'Toshkent viloyatida 23 yoshli haydovchi "Volga"da kanalga tushib ketib, halok bo`ldi'ning rasmi

11 fevral kuni soat 16:00 da Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan o`tgan 4R4 avtomobil yo`lining 3-kilometrida GAZ-3129 («Volga») rusumli avtomobil Bo`zsuv kanaliga tushib ketdi. Bu haqda Avtopatrul ko`rsatuvida xabar berildi.

2000 yilda tug`ilgan fuqaro haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmasdan GAZ-3129 rusumli avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib, boshqaruvini yo`qotgan. Natijada yo`lning o`ng tomonidagi Bo`zsuv kanaliga ag`darilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda haydovchi mashinadan chiqolmay, suvda cho`kib vafot etgan. Qutqaruvchilar tomonidan mashina kanaldan olib chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar