Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatning sobiq prezidentlarining birgalikda uchrashuvini tashkil qilib, barchani bir-biri bilan yarashishga taklif qilgan.
Japarovning barcha sobiq prezidentlar bilan uchrashuvi kecha Dubayda bo`lib o`tgani ma`lum qilindi.
Yig`ilishda 6 ta prezident, jumladan Japarovning o`zi ham ishtirok etdi. Sobiq rahbarlar amaldagi davlat rahbarining “bir musht bo`lib birlashish” tashabbusini qo`llab-quvvatlashgan.
Prezident matbuot kotibining tushuntirishicha, uchrashuvda Asqar Akaev, Qurmanbek Bakiev, Roza Otunbaeva, Almazbek Atambaev va Sooronbay Jeenbekov shaxsan ishtirok etgan. Bu joy aniq sabablarga ko`ra, neytral hudud sifatida belgilangan.
Ma`lum qilinishicha, sobiq prezidentlar o`tmishdagi xatolarini tan olishgan va bir-birlarini kechirishgan. Japarov ta`kidlaganidek, uchrashuv uning tashabbusi bilan kelajak rivojlanish uchun tashkil etilgan.
Almazbek Atamboev sobiq prezidentlarning Dubaydagi uchrashuvi mamlakatning amaldagi rahbari Sadir Japarov tomonidan o`tkazilganiga izoh berar ekan, u yig`ilishda boshqa sobiq rahbarlar ham bo`lishini bilmagan.
Atambaev shunchaki amaldagi rahbar bilan yuzma-yuz suhbatlashib olishi haqida o`ylagan va shunga ko`ra tayyorgarlik ko`rgan.
Sadir Japarov va uning o`tmishdoshlari o`rtasidagi suhbat yakunida shunday vaziyat yuzaga kelganki, Atambaev, o`z so`zlariga ko`ra, o`rnidan turib uchrashuv xonasidan chiqib ketgan.
“Qirg`izistonda birdamlikning o`rnatilishi va Bakievchilarning qaytishi bu bir biridan farqli jihatlardir”, deb fikr bildirgan Almazbek Atamboev.






