Turkiyada dahshatli zilzila vayronalari ostidan odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bermoqda.
Jumladan, Turkiya janubidagi Hatay viloyatida halokatli zilziladan 228 soat o`tib bir ayol va uning ikki farzandi qutqarib olindi. Qutqaruvchilar Antakyaning Oymak ko`chasida qulagan turar-joy binolaridan birining vayronalari ostidan Elya ismli ayol va bolalarni qutqarib oldi. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatilganidan keyin uchala qutqarilgan ham kasalxonaga etkazilgan.
Qahramanmarash viloyatida 74 yoshli Jemil Kekech halokatli zilziladan keyin 227-soatda qutqarib olindi.
Dulkadiro`g`li tumanining Pinarboshi mahallasidagi olti qavatli turar-joy binosi vayronalari ostidan ayol qutqarib olinib, shifokorlarning birinchi yordamidan so`ng Jemil Kekech kasalxonaga yotqizildi.
Turkiyada zilziladan keyingi o`ninchi kuni 42 yoshli Melike Imomog`lu vayronalar ostidan qutqarib olindi. Ayol Qahramonmarashning Onikishubat tumanida qulagan uy vayronalari ostida 222 soat vaqt o`tkazdi. Unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, kasalxonaga yotqizilgan.
Ma`lumot uchun, episentri Turkiya janubi-sharqida bo`lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni ayni paytga qadar 35,4 ming kishidan oshdi.





