AsosiyJamiyat

Xitoy aviakompaniyasi Toshkent bilan yangi reyslarni yo`lga qo`yadi

'Xitoy aviakompaniyasi Toshkent bilan yangi reyslarni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

Xitoyning «Loong Air» aviakompaniyasi Siyan — Toshkent — Siyan yo`nalishi bo`yicha parvozlarni boshlaydi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma`lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, birinchi yo`lovchi reysi 2023 yil 10 fevralga mo`ljallangan. Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun, «Loong Air» — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo`lib, yo`lovchi va yuk havo tashuvlarini amalga oshiriladi. 

    Boshqa yangiliklar