Restoranga borish shart emas!
Zarur masalliqlar: xamiriga: 9 osh qoshiq un, 4 osh qoshiqdan mayonez va smetana, 2 dona tuxum, tuz; ustiga solishga: 150 gr. dudlangan go`sht, 100 gr. pishloq, 50gr. marinadlangan qo`ziqorin, 2 ta pomidor, 1 dona bulg`or qalampiri, zaytun mevasi, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Xamir uchun mo`ljallangan barcha masalliqlarni aralashtiring. Smetana quyuqligida xamir tayyorlang. Kattaroq tovaga o`simlik yog`i solib, qizdiring. So`ngra xamirni soling.
2. Dudlangan go`sht, bulg`or qalampiri, pomidor va zaytun mevasini aylana shaklda yupqalab to`g`rang. Pishloqni katta tishli qirg`ichdan o`tkazing.
3. Xamir ustiga 3 daqiqadan so`ng dudlangan go`sht, bulg`or qalampiri, pomidor, qo`ziqorin va pishloqni soling. Tuz, murch seping. Qopqog`ini yopib, 5 daqiqa dimlagach, zaytun mevasini soling. Yana 5 daqiqa past olovda qoldiring. Pissa tayyor!
Tayyorlanish vaqti: 25 daqiqa.
2 kishilik.





