Bir qator Gollivud aktyorlari, xususan Robert Daun-kichkina, Skarlett Yoxansson, Nil Patrik Xarris, Mark Strong, Julianna Mur, Martin Shin, Jeyms Franko, Don Chidl va boshqalar AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz bermaslik targ`ib etilgan ijtimoiy reklamada suratga tushishdi. Ijtimoiy rolikda Gollivud aktyorlari AQSh fuqarolariga prezident saylovi mamlakat hayotidagi eng muhim hodisa ekanligini aytib o`tgan.
Shuningdek, aktyorlar AQShni qutqarish uchun uni yadro qurolini qo`llab-quvvatlovchi insonning qo`liga topshirmaslik lozimligini aytib o`tgan. Ularning so`zlariga ko`ra, bu hodisa boshlanmasdan turib oldi olinishi kerak.
Bundan tashqari, shuncha aktyorlar nima sababdan bir rolikda suratga tushish uchun to`planganini ham aytib o`tgan. “Sabab—kasallik, ekologik inqiroz va jamiyat tizimini buzishi mumkin bo`lgan qo`rqoq rasist” ekanligi aytiladi.





