Karam+pishloq+makkajo`xori
Zarur masalliqlar: yarim bosh karam (400 gr.), 150 gr. yumshoq pishloq, yarim banka konservalangan makkajo`xori, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, mayonez, tuz, qora murch, ko`katlar.
Tayyorlanishi: 1. Karamni maydalab to`g`rang. Yumshoq pishloqni qirg`ichdan o`tkazing. Karamga konservalangan makkajo`xori bilan qo`shing.
2. Maydalangan ko`katlarni salatga solib, aralashtiring. Endi tuz, murch, ezilgan sarimsoqpiyoz va mayonez qo`shib, yana bir bor yaxshilab aralashtiring.
Tayyorlanish vaqti 15 daqiqa
4 kishilik





