Malayziya fuqarosi Singapur xalqaro aeroportida uch hafta istiqomat qildi, deb yozadi “Lenta.ru”.
33 yoshli Reyjali Buntut 21 avgust kuni Kuala-Lumpur reysidan qolib ketdi va Changa aeroportida 18 kun yashadi. U aeroportdagi kreslolarda uxladi, Launj-hududda ovqatlandi va terminallardagi dushdan foydalandi.
Sobiq tadbirkor tranzit hududda bo`lgan paytida 31 ta qo`nish talonini qalbakilashtirdi. Shunday qilib, u 3 ta terminalning launj-hududidan foydalanishga muvaffaq bo`ldi. Aeroport xodimlaridan biri uning xatti-harakatlaridan shubhalandi va polisiya chaqirdi. Oqibatda esa malayziyalik fuqaro 2 haftaga ozodlikdan mahrum etildi.





