AsosiyDunyo

Alisher Usmonov 110 metrli yaxtasini sotuvga qo`ydi

Alisher Usmonovga tegishli 110 metrli “Ona” yaxtasining sotilishi haqidagi e`lonlar brokerlik kompaniyalari saytlarida paydo bo`ldi, deb yozadi “RBK”.

“Ona” yaxtasiga 20 nafar mehmon va 47 nafar ekipaj a`zolari sig`adi. Yaxta 21 uzel tezlikda harakatlana oladi. Uning bortida basseyn va vertolyot qo`nishiga mo`ljallangan maydon bor. 2008 yilda qurilgan yaxtaning narxi oshkor qilinmayapti. 2013 yilda Forbes jurnalining Rossiya talqinida yaxtaning narxi €200 millionga baholangan edi. 

“Ona” Usmonov o`ziga boshqa kattaroq 156 metrli “Dilbar”ni sotib olganidan so`ng sotuvga qo`yildi. 

“Dilbar” yaxtasi milliarderning onasi sharafiga nomlangan. Dastlab Alisher Usmonovning 110 metrli yaxtasi “Dilbar” deb nomlanar edi, keyinchalik esa uning nomi “Ona” deb o`zgartirilgan edi.

“Dilbar” yaxtasi hozirgi kunda dunyodagi eng yirik yaxta hisoblanadi. Uning narxi $600 million dollarga baholangan.

    Boshqa yangiliklar