Zarur masalliqlar:
1. Tayyor qatlama xamir
2. 600 gr. qiyma
3. 2 dona tuxum
4. 2-3 osh qoshiq non talqoni
5. 1 osh qoshiq smetana
6. 1-2 dona piyoz
7. 400 gr. qovurilgan qo`ziqorin
8. 100-15 gr. qaynatilgan guruch
9. Ko`kat, tuz va murch
1. Qiyma, 1 dona tuxum, non talqoni, smetana, maydalab to`g`ralgan piyoz va ko`katni solib aralashtiring.
2. Gaz listiga pishiriq qog`ozi to`shab, qiymani soling va markazidan chuqurcha xosil qiling.
3. Qatlama xamirdan 1 sm.li tasmalarni kesib, qiymaning atrofiga savatcha to`qing.
4. Ortgan xamirdan burama tasma xosil qiling (u savatchaning bandi bo`ladi), so`ng listga yarim aylana qilib qo`ying. Tuxum surtib, 200 daraja qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqaga pishirib oling.
5. Savatcha tayyor bo`lgach, ustiga qaynatilgan guruch va qovurilgan qo`ziqorinni ketma ket joylang.
6. Tayyor taomni salat bargi va ko`katlar bilan bezating.
7. Yoqimli ishtaha!





