Xonandalar Oybek va Nigora o`g`illari Imronbekning aqiqasini o`tkazishdi. Shu munosabat bilan xonandalarning yaqinlari, do`stlari va hamkasblari bir davraga jamlandi.

Nigora o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali aqiqaga tashrif buyurgan barcha hamkasblari, do`stlariga minnatdorchilik bildirdi.


Xonandalar Oybek va Nigora 2015 yilning 21 noyabrida turmush qurgan edi.

Shu yilning 27 avgustida esa ular o`g`il farzandli bo`lishdi.






