Ispaniya chempionati 4-turida Madridning “Real” jamoasi safarda “Espanol” klubi mehmoni bo`ldi va 2:0 hisobida g`alaba qozondi.
Birinchi bo`limning so`nggi daqiqalarida Xames Rodriges gol kiritgan bo`lsa, 71-daqiqada Karim Benzema hisobni oshirdi va o`yin so`nggiga qadar bu natija o`zgarmadi.
Ispaniya chempionatidagi ketma-ket 4-g`alabasiga erishgan “Real” 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Espanol” — “Real” 0:2
Gollar: Xames Rodriges, 45+2, Benzema, 71
“Espanol”: Diego Lopes — Xavi Lopes, David Lopes, Duarte, Sanches — Peres, Diop, Roka (Reyes, 83), Pyatti (A.Vaskes, 10) — Baptistao, Moreno (Kaysedo, 66).
“Real”: Kasilya — Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo — Modrich, Kazemiro (Kroos, 19), Rodriges (Isko, 63) — Vaskes, Benzema (Morata, 72), Asensio.
Ogohlantirishlar: Peres, O.Duarte, Diop, Xavi Lopes – Ramos, Karvaxal.





