Madridning “Atletiko” jamoasi Ispaniya chempionati 4-turida Xixonning “Sporting” klubi bilan o`zaro bahs olib bordi.
Murosasiz va gollarga boy kechgan o`yinda madridliklar 5:0 hisobida zafar quchib, qimmatli 3 ochkoga ega bo`lishdi. G`oliblar safida Antuan Grizmann va Fernando Torres dubl qayd etgan bo`lsa, Kevin Gameyro o`z hisobiga bitta gol yozdirib qo`ydi.
Avvalroq "Barselona" jamoasi ham 4-turda yirik g`alabaga erishgani haqida xabar berilgandi.
“Atletiko” – “Sporting” Xixon 5:0
Gollar: 1:0 – 2 Grizmann, 2:0 – 5 Gameyro, 3:0 – 31 Grizmann, 4:0 – 72 Torres, 5:0 – 90, penalti Torres.
“Atletiko” – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Saul, Koke, Ferreyra Karrasko (Fernandes, 46), Gaytan, Grizmann (Torres, 69), Gameyro (Korrea, 60).
“Sporting” Xixon – Kuelyar, Duglas Pereyra, Amorebeta, Xorxe Mere, Lopes (Vigera, 46), Rodriges (Afif, 63), Alvares, Burgi, Kases, Kastelyano, Chop (Kastro, 69).
Ogohlantirishlar: Amorebeta (16), Kastelyano (90).





