Ispaniya chempionati 4-turida "Barselona" jamoasi safarda "Leganes" futbolchilari bilan o`zaro bahs olib borishdi. Unda 1:5 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklar foydasiga hal bo`ldi.
Mazkur o`yinda Lionel Messi dubl qayd etgan bo`lsa, Luis Suares, Neymar va Rafinya Alkantara bittadan gol kiritishdi. Mezbonlar safida Gabriel bitta gol bilan javob qaytardi.
Ochkolar hisobini 9 taga etkazib olgan "Barselona" hozircha turnir jadvalining 1-pog`onasiga ko`tarilib oldi.
"Leganes" – "Barselona" — 1:5
Gollar: Gabriel (80) - Messi (16), Suares (31), Neymar (44), Messi (55 pen), Rafinya (65)
"Leganes" – Serantes, Insua, Mejani (Peres, 46), Riko, Bustinsa, Sastre, Lopes (Shimanovski, 61), Pires, Dias, Kone, Machis (Ramos, 61).
"Barselona" – ter Shtegen, Pike, Alba, Umtiti, Maskerano, Rafinya, Rakitich (Turan, 57), Inesta (Suares, 65), Neymar, Messi, Suares (Pako Alkaser, 56).
Ogohlantirishlar: Rakitich (24), Mejani (27), Dias (39), Bustinsa (54), Neymar (80).





