Evropa futbol ittifoqi (UEFA) Polshaning “Legiya” hamda Germaniyaning “Borussiya D” klubilariga nisbatan intizomiy ish olchdi. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.
“Borussiya D”ning “Legiya” ustidan erishgan 6:0 hisobidagi g`alabasidan so`ng UEFA klublarga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Mazkur o`yinda polshalik muxlislar ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan, pirotexnika vositalaridan foydalangan va stadion chimiga turli buyumlar uloqtirgan, shuningdek, irqchilik ruhiyatiga oid so`zlarni ishlatgan.
Bundan tashqari, “Legiya” klubining muxlislari maydon nazoratchilariga nisbatan gaz balonlarini ishlatib, mehmonlar sektoriga o`tib ketishga uringan.
“Borussiya D” klubi muxlislari esa pirotexnika vositalarini ishlatib, maydonga turli buyumlar uloqtirishgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, surishtiruv ishi 28 sentyabr kuni ko`rib chiqiladi.





