“Islom davlati” terrorchilik tashkiloti tasarrufidagi hududda asirlikda hayot kechirgan ayol Birlashgan millatlar tashkilotining ko`ngilli elchisi etib tayinlandi, deb yozadi “Lenta.ru”.
23 yoshli Nadiya Murad Bazi Taxa qullikni boshdan kechirgan insonlarning haq- huquqlarini himoya qilish masalalari bilan shug`ullanadi.
O`tgan yili Murad BMT xavfsizlik kengashiga o`z tarixini so`zlab bergan edi. 2014 yilda u DAISh jangarilari tomonidan qo`lga olingan va ularning ommaviy qatllarining guvohi bo`lgan edi.
Terrorchilar uni bir necha marotaba sotib yuborgan.
BMT boshqarmasidan qayd etishlaricha, qullikni boshdan kechirgan insonning tashkilot elchisi etib tayinlanishi birinchi marta yuz bermoqda.





