AsosiySport

"Liverpul" safarda "Chelsi"ni kichik hisobda mag`lubiyatga uchratdi

Angliya chempionati 5-turining markaziy o`yinida “Chelsi” jamoasi  o`z maydonida “Liverpul” futbolchilarini qabul qildi.

Anchagina qiziqarli kechgan o`yinning 17-daqiqasida mersisaydliklar himoyachisi Deyan Lovren hisobni ochgan bo`lsa, 36-daqiqada mehmonlar sardori Jordan Xenderson oradagi farqni oshirdi — 2:0.

Bu gollarga "nafaqaxo`rlar"dan Diego Kosta  62-daqiqadagi birgina aniq zarbasi bilan javob qaytarishga muvaffaq bo`ldi. Shu tariqa, "Chelsi" mavsumdagi ilk mag`lubiyatini qabul qilib oldi. 

“Chelsi” – “Liverpul” – 1:2 (0:2, 1:0)

Gollar: Diego Kosta 62’ – Deyan Lovren 17, J. Xenderson 36

Ogohlantirish: Villian 45 

Boshqa yangiliklar