Angliya kubogi doirasida o`tkazilgan "Spennimur Taun" va "Redkliff Boro" uchrashuvida antiqa vaziyat sodir bo`ldi.
"Spennimur Taun" darvozaboni Den Louson o`z darvozasi yonidan shunday kuchli zarba berdiki, to`p to`g`ri borib raqib jamoa darvozasidan joy oldi. Darvozabon turgan nuqtadan raqib darvozasigacha qariyb 73 metr masofa bo`lgan
Ushbu uchrashuvda "Spennimur Taun" jamoasi 5:3 hisobida zafar quchdi. Ajoyib golni esa quyidagi videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.





