AsosiyJamiyat

Fazliddin G`oibnazarov u haqda noto`g`ri hayolga borayotganlarga Facebook’dagi sahifasi orqali javob qaytardi

Rio–2016 Olimpiya o`yinlari chempioni Fazliddin G`oibnazarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat haqida noto`g`ri xayolga borganlarga “Feysbuk” tarmog`i orqali o`z munosabatini bildirdi.

“Assalomu alaykum, azizlar. Barchangizga qo`llab-quvvatlab, ko`rsatgan e`tiboringiz uchun katta rahmat. Kuni-kecha muxlislar bilan tushgan suratimizni o`z bilganicha talqin qilgan insonlarga qarata aytmoqchiman. Allohga behisob shukrki, ikki shirindan-shakar farzandim va sevib uylangan ayolim bor. Ular men uchun juda aziz. Siz bunday gaplar aytishdan oldin, o`zganing shaxsiy hayotining shu jihatlarini mulohaza qilib ko`rishingizni iltimos qilardim. Allohga shukr, davlatimiz, xalqimiz qo`llab-quvatlab turgani uchun chempion bo`ldik. Biz o`zimizdan ketib qolganimiz yo`qki, suratga tushishni so`ragan kishilarga rad javobi bermadik. Suratga tushishni istagan insonlarning barchasiga, akamiz, ukamiz, opamiz va singlimiz kabi qaraymiz. Albatta, siz qilayotgan gumonlar, sizning boshingizga kelayotgan xayollar hayotdan yiroq”, – dedi Rio–2016 Olimpiada chempioni. 

Avvalro ham Fazliddin G`oibnazarov ushbu voqealarga o`z munosabatini bildirgandi

Boshqa yangiliklar