Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) ikki nafar o`zbekistonlik referi – Sherzod Hasanov va Arxip Molotyaginni umrbod tennis o`yinlaridagi hakamlikdan chetlashtirdi.
Xalqaro tennis federasiyasi saytida chop etilgan press-relizda ma`lum qilinishicha, 2015-yilning sentyabr oyida Isroil mamlakatida bo`lib o`tgan uchrashuvlarda o`zbekistonlik hakamlar o`yin hisobi haqidagi ma`lumotlarni uchinchi shaxsga etkazib, ularning kompyuterga sekin kiritiliga sababchi bo`lgan. Bu esa ularning shekirlariga onlayn rejimida stavkalar qo`yishga yordam bergan.
Bundan tashqari, Hasanov va Molotyagin “Fyuchers” turkumidagi o`yinlarda onlayn tizimga hisoblarni noto`g`ri kiritib, geymlar hisobi “barobar” deya kiritgan.





