Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining ettinchi kunida bo`lib o`tgan suzish bahslarida ikki nafar o`zbekistonlik qizlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
50 metrga erkin suzish bahslarida ishtirok etgan o`zbekistonlik Muslima Odilova va Shohsanamxon Toshpo`latova mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo`ldi.
Rio–2016 Paralimpiya o`yinlari chempioni hamda bittadan kumush va bronza medali sohibi Fotimaxon Amilova bu safar sovrindorlar qatoridan chetda qoldi.





