Amerikalik aktyor Stiven Sigal yaqin kelajakda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligini ma`lum qildi, deb yozadi “Vesti”.
U rossiyalik do`stlari bilan bir necha oylar birgalikda vaqt o`tkazishini istashini aytdi. Sigalning ta`kidlashicha, Rossiyada uni sevishadi va kutishadi.
Aktyor “Olam chegarasi” kinofestivalida jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Mazkur kinofestival Rossiyada bo`lib o`tmoqda va taniqli aktyor mazkur tadbirda mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
Sigal Rossiya boy madaniyatga ega ekanligini aytib o`tgan.





