Azimov Rustam Sodiqovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta`lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berildi.
2016 yil 13 sentyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4833-son farmoniga muvofiq Azimov Rustam Sodiqovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta`lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.





