AsosiyJamiyat

Rio–2016. O`zbekistonlik paralimpiyachilar estafeta bahslaridan bronza medalini qo`lga kiritishdi

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining oltinchi kungi bahslarida O`zbekiston terma jamoasi delegasiyasi yana bir medalga ega chiqdi.

Engil atletikaning 4x100 metr estafeta yugurish bahslarida ishtirok etgan Miran Saxatov (Jaloliddin Hamroqulov hamrohligida), Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliev, Fahriddin Hamroev 43,47 soniyalik vaqt bilan marrani uchinchi bo`lib kesib o`tishdi.

Ushbu natija o`zbekistonlik soprtchilarga bronza medalini taqdim qildi. Ayni damda O`zbekiston paralimpiya terma jamoasi hisobida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 14 ta bronza medali mavjud. 

Boshqa yangiliklar