Kolumbiyada davom etayotgan futzal bo`yicha Jahon chempionatining 2-tur o`yinlari start oldi. “A” guruhidan o`rin olgan O`zbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi.
Teng kurashlar ostida o`tgan o`yinning so`nggi soniyalarida o`zbekistonlik futzalchilar o`z darvozasidan gol o`tkazib, g`alabani qo`ldan boy berishdi. O`yin esa 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
Mazkur guruhning yana bir o`yinida Evropa chempioni Portugaliya Panama terma jamoasi darvozasiga 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi.
2-turdan so`ng Portugaliya 4 ochko bilan "A" guruhi peshqadamiga aylandi. Panama 3 ochko bilan ikkinchi, Kolumbiya esa 2 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. O`zbekiston futzal termasi esa 1 ochko bilan guruhning so`nggi pog`onasidan joy egalladi.
JCh–2016. Futzal
“A” guruhi, 2-tur
Kolumbiya - O`zbekiston 3:3
Gollar: X.Abril (18), A.Karo (37, 40) - J.Anorov (5), D.Irsaliev (15), N.Eliboev (28).





