Shotlandiya chempionatining “Dandi Yunayted” va “Danfermlayn” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda ajoyib voqea yuz berdi.
“Dandi Yunayted” darvozaboni Kemmi Bell 23 daqiqa ichida raqib tomonidan tepilgan uchta penaltni qaytarishga muvaffaq bo`ldi. Aynan uning jonbozligi evaziga “Dandi Yunayted” 3:1 hisobida zafar quchdi.





