Angliya chempionati 3-turi so`nggi o`yinida Londonning “Chelsi” jamoasi safarda “Suonsi” klubi mehmoni bo`ldi. Teng kurashlar ostida kechgan o`yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Diego Kosta hisobni ochgan bo`lsa, 59-daqiqada Gilfi Sigurdsson penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 3-daqiqadan so`ng Ferning goli “oqqushlar”ni oldinga olib chiqdi.
Ammo 81-daqiqada Diego Kosta yana katta sahnaga chiqdi va jamoasini mag`lubiyatdan saqlab qoldi.
“Suonsi” – “Chelsi” 2:2
Gollar: 0:1 – 18 Diego Kosta, 1:1 – 59, penalti Sigurdsson, 2:1 – 62 Fer, 2:2 – 81 Diego Kosta.
“Suonsi” – Fabianski, Amat, Fernandes, Teylor (Barrou, 41), Kingsli, Fer, Ki Son En, Sigurdsson (Ranxel, 89), Kork, Noton, Lorente.
“Chelsi” – Kurtua, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Oskar (Batshuayi, 88), Kante, Matich (Fabregas, 76), Villian (Mozes, 77), Azar, Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Fer (26), Diego Kosta (41), Fernandes (42), Amat (48), Kurtua (59), Azar (89), Terri (90).





