Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining uchinchi kunida O`zbekiston terma jamoasi g`aznasi yana bir oltin medal bilan boyidi.
Erkaklar o`rtasida dzyudo bo`yicha +100 kg vazn toifasida ishtirok etgan vakilimiz Odiljon Tulendiboev finalgacha bo`lgan barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi final bahsida o`zbekistonlik sportchi braziliyalik Da Silvani mag`lub etib, Paralimpiya chempioniga aylandi.
Bu O`zbekiston terma jamoasining Paralimpiya o`yinlaridagi to`rtinchi oltin medali bo`ldi.





