Angliya chempionati 4-turi markaziy o`yinida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Manchester Siti” futbolchilarini qabul qildi.
Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o`yinda 1:2 hisobi qayd etilib, Pep Gvardiola shogirdlari bo`lmish “Siti” foydasiga hal bo`ldi.
O`yinning 15-daqiqasida Kevin De Bryuyne hisobni ochgan bo`lsa, 36-daqiqada Kelechi Ixeanacho hisobni oshirdi. Birinchi bo`lim yakuniga etay deb qolganida Zlatan Ibragimovich hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi – 1:2.
Ikkinchi bo`limda hisob o`zgarmadi va Joze Mourino jamoasimavsumdagi ilk mag`lubiyatni qabul qilib oldi.
"Manchester Yunayted" – "Manchester Siti" - 1:2
Gollar: 0:1 – 15 de Bryuyne, 0:2 – 36 Ixeanacho, 1:2 – 42 Ibragimovich.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Valensiya, Shou (Marsyal, 81), Bayi, Blind, Mxitaryan (Errera, 46), Fellayni, Pogba, Lingard (Reshford, 46), Ibragimovich, Runi.
"Manchester Siti" – Bravo, Otamendi, Kolarov, Sanya, Stounz, de Bryuyne, Silva, Sterling (Sane, 60), Fernandino, Nolito, Ixeanacho (Fernando, 53).
Ogohlantirishlar: Silva (41), Bayi (45), Ibragimovich (51), Fellayni (52), Runi (83).





