Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilayotgan Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarida o`zbekistonlik sportchilar navbatdagi g`alabalarga erishdi.
Erkaklar o`rtasidagi dzyudo bahslarining -73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Feruz Saidov Paralimpiya bronza medali sohibiga aylandi.
Bronza medali uchun bahsda Saidov kubalik Xerardo Rodrigesga qarshi gilamga ko`tarilib, raqibini ippon bahosi evaziga mag`lubiyatga uchratdi va O`zbekiston delegasiyasiga navbatdagi medalni taqdim qildi.





