Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilayotgan 2016 yilgi Paralimpiya o`yinlarining ayollar o`rtasidagi dzyudo bahslarida ishtirok etgan hamyurtimzi Sevinch Salaeva to`rt yillikning eng nufuzli turniri sovrindoriga aylandi.
Sports.uz nashrining xabar berishicha, Ayollar -52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Sevinch Salaeva bronza medali uchun kanadalik Gagne Prishilaga qarshi gilamga ko`tarildi.
Qiyin o`tgan bahsda esa vakilamiz yuko bahosi evaziga raqibasidan ustun keldi va paralimpiya kumush medali sohibasiga aylandi.





