YouTube’da «O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan 2015 yili O`zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «E`zoz» hujjatli filmi e`lon qilindi, deb yozadi “Daryo”.
Filmda mustaqillikni qo`lga kiritishda O`zbekiston xalqi boshidan kechirganlari tarixiy sanalar va hujjatlar asosida ochib berilgan, deyiladiO`zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi axborotida.
E`tiborli tomoni, filmda O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yoshlik yillari alohida sahnalashtirilgan.
Hujjatli film jurnalist Komiljon Shamsiddinovning ssenariysi asosida rejissyor Akrom Mahkamov tomonidan suratga olindi. Film operatori — Muzaffar Yusupov.
Filmda O`zbekiston Prezidenti matbuot xizmati, O`zMTRK, O`zbekiston Kinofotofonohujjatlari davlat arxivi materiallaridan foydalanilgan.





