Qozog`iston hukumati rahbariyatida o`zgarishlar bo`lishi kutilmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti Respublika Vazirlar Mahkamasiga tayangan holda.
«Juma kuni hukumutning kengaytirilgan yig`ilishi o`tkazilishi belgilangan. Uning yakunlariga ko`ra, mamlakat Bosh vaziri Karim Masimov o`z lavozimini tark etadi», — deya xabar beradi agentlikning suxbatdoshi.
Karim Masimov ilk bor hukumat tepasiga 2007 yilda kelib, ushbu lavozimda 2012 yilga qadar faoliyati yuritgan. 2012 dan 2014 yilga qadar Qozog`iston prezidenti ma`muriyati rahbari lavozimini egallagan, 2014 yilning aprelida Masimov yana mamlakat Vazirlar Mahkamasiga rahbar etib tayinlangan.





