Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaning Kali shahriga etib keldi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`zbekiston terma jamoasining delegasiyasi Kali shahrining "Interkontinental" mehmonxonasiga joylashdi. Ushbu shaharda Mendez shogirdlari JCh–2016 turnirining dastlabki ikki o`yinini o`tkazishadi.
Eslatib o`tamiz, “A” guruhidan o`rin olgan O`zbekiston termasi mezbon Kolumbiya, Evropa chempioni Portugaliya hamda Panama futzalchilariga qarshi bahs yuritadi.





