Londonning “Tottenxem” klubi rahbariyati daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda “shporlar”ning rasmiy saytida e`lon qilindi.
Xabarda ma`lum qilinishicha, yangi shartnomaga ko`ra daniyalik futbolchi londonliklar safida 2020 yilga qadar to`p suradi.
Ma`lumot uchun, 24 yoshli Eriksen 2013 yilda Gollandiyaning “Ayaks” jamoasidan “Tottenxem”ga kelib qo`shilgandi. O`shandan bunyo yarim himoyachi 134 o`yinda maydonga tushib, 30 ta golga mualliflik qilgan.





