Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Uchtepa O`quv sport texnika klubi tomonidan shahar miqiyosida yagona hisoblangan Uchtepa tumanida joylashgan 238-maktabda Ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmaganlar uchun tarbiya va sport oromgohida sportning “O`q otish” turi bo`yicha musobaqa tashkil etildi.
Tadbir jarayonida oromgohda tarbiyalanuvchi bolalarga kelajakda vaqtlarini unumli va mazmunli o`tkazishlari maqsadida “Vatanparvar” tashkilotida sportning texnik va amaliy turlari uchun avtomodel, karting, aviamodel, “O`q otish” yo`nalishidagi tashkil etilgan to`garakalarga a`zo bo`lishlari targ`ib etildi. Amaliyotda esa ushbu sport turlariga taaluqli ko`rgazmali qurollar yoshlar uchun namoyish etildi va bu kabi tadbirlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Musobaqa so`ngida chempionat g`oliblariga maxsus sovg`a va faxriy yorliqlar taqdim etildi. Shuningdek, oromgoh xodimlari, Shahar “Kamolot” YoIX rahbariyati yurtimiz kelajagi bo`lgan yoshlarimiz uchun mazmunli tadbir uyushtirgan Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkilotiga minnatdorchilik bildirishdi.





