Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ma`naviy-ma`rifiy ishlar boshqarmasi boshlig`i Laziz Mingishov talabalarni qiziqtirgan mazkur savolga javob berdi.
Uning qayd etishicha, talabalar uchun o`qish 5 sentyabrdan boshlanadi. O`sha kunning o`zida komissiya a`zolari talabalarni turar joy bilan ta`minlaydi. Tegishli xulosalar asosida ularga yo`llanmalar beriladi. Talabalarni turar joy bilan ta`minlash bo`yicha hujjatlashtirish amalga oshiriladi. 5 sentyabrdan ularni qabul qilish boshlanadi.
"Kontrakt asosida o`qishga tavsiya etilgan 1-kurslarga ham yotoqxonaning oylik to`lovi to`langanidan va hujjatlashtirilganidan so`ng talabalar turar joyidan xona beriladi",- deydi u.






