AsosiyJamiyat

Ellikqal`ada qizlar ishtirokida "samosud" uyushtirildi(video)

'Ellikqal`ada qizlar ishtirokida "samosud" uyushtirildi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Ellikqal`a tumanida qizlar ishtirokida "samosud" uyushtirilgani aks etgan video tarqaldi. 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo`mitasi Axborot xizmati rasmiy ma`lumotiga ko`ra, samosud joriy yilning 2 sentyabr kuni Ellikqal`a tumani Markaziy dehqon bozori hududida sodir  bo`lgan. Shu tumanda yashovchi 2005 yilda tug`ilgan voyaga etmagan fuqaro Sh.L, 2002 yilda tug`ilgan fuqaro B.Z ning nomidan instagramm sosial tarmog`ida akkaunt ochib, uning nomidan kirib yurganligi sababli ular orasida janjal kelib chiqqan.  

Mazkur holat bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi M.Axmedova, Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar Profilaktikasi Boshqarma boshlig`i o`rinbosari T.Qarlibaeva tomonidan atroflicha o`rganilib chiqildi va mahalla xodimlari bilan birgalikda voqea ishtirokchilari hamda ularning ota-onalariga tushuntirish targ`ibot ishlari olib borilgan. 

Unda bunday sa`y-harakatlar qiz bolaga yarashmasligi, farzand tarbiyasida asosan qizlarning tarbiyasida e`tiborli bo`lish kerakligi ota-onalariga yana bir marta ta`kidlab, tarbiya -shaxsning  ma`naviy  va aqliy qiyofasini, hattoki butun taqdirini belgilovchi omil ekanligini aytib o`tilgan.

Ushbu holat bo`yicha Ellikqal`a tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar